Ijrochi vitse-prezident sifatida Peter biznesni rivojlantirish, bozorni o‘rganish va narx strategiyasini ishlab chiqishga mas’ul hisoblanadi. Uning biznesni boshqarish va sayyohlik sohasidagi tajribasi Dyninno Kompaniyalar guruhi bir bo‘lagi hisoblangan Trevolution Group’ni muvaffaqiyatlar sari olg‘a chorlamoqda.
Peter 2013-yilda International Travel Network (Dyninno Kompaniyalar guruhi bo‘lagi) kompaniyasining Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Avvalroq 2008-yilda u Kompaniyaning Ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan edi. U Dyninno Group’ga 2005-yilda International Travel Network kompaniyasi Boshqaruv tahlilchisi sifatida ishga qabul qilingan. Undan avval esa Peter Slovenské elektrárne kompaniyasida Buxgalteriya/Loyiha menejeri sifatida faoliyat olib borgan.
Kaliforniya Davlat Universitetidan Magistr darajasini olgan. U Bratislava Iqtisodiyot Universitetining Xalqaro savdo yo‘nalishida Magistr diplomiga ham ega. Peter 2009-yildan buyon Sayyohlik agentlarining Amerika hamjamiyati a’zosi hisoblanadi.