Maria Bernadette M. Arnaiz

Avgust 16, 2023

Bernadette Trevolution Group’ning Filippindagi ofisiga 2022-yilda Sanoat sohasidagi munosabatlar direktori sifatida qo‘shilgan. U aviakompaniyalar, soha vakillari va sayyohlik assotsatsiyalari bilan hamkorlik o‘rnatish uchun javobgar hisoblanadi.

Bernadette – Filippin sayyohlik bozoridagi yaxshigina tajribaga ega va keng ma’nodagi mashhur sanoat professionali. Trevolution Group’ga kelib qo‘shilishdan oldin o‘n yil davomida u Filippindagi Carlson Wagonlit Travel kompaniyasi hamkori bo‘lgan Rajah Travel Korporatsiyasi boshqaruvchi direktori lavozimida ishlagan. 2003-yildan 2011-yilgacha Bernadette Filippin’dagi Anscor-Casto Travel va Casto Travel kompaniyasining AQShdagi buyurtmalarni bajarish agentligida ishlagan. 1998–2003-yillarda u Aerotel kompaniyasida (GSA of United Airlines, Air Canada, Air New Zealand va South African Airways) Yo‘lovchi chiptalari sotuvi va Marketing bo‘limi menejeri sifatida ishlagan. O‘z mehnat faoliyatini 1986-yilda Bernadette United Airlines va Thomas Cook Travel kompaniyasida Sayyohlik rezervatsiyalari hamda Chipta sotish bo‘limi yetakchi vakili sifatida boshlagan.

Bernadette Miriam kollejining Biznes boshqaruvi yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan. U Ateneo Oliy Biznes maktabidan Biznes boshqaruv yo‘nalishida magistrlikka nomzod hisoblanadi.