Alex Weinstein tadbirkor va investor. U Dyninno Kompaniyalar guruhi hammuassisi. Alex o‘z biznesini 2004-yilda San-Fransiskoda boshlagan, u yerda mustaqil sayyohlik agenti sifatida faoliyat olib borgan, o‘sha paytlarda u ikkita telefondan foydalangan va mahalliy gazetalarga reklamalarini joylashtirgan. Kompaniyaga asos solishdan oldin, Alex oddiy sayyohlik agentliklarida ishlab tajriba orttirgan.
90-yillar o‘rtalarida Alex Siikon vodiysining birinchi texnologik pionerlari to‘lqini ichida bo‘lgan. U iste’molchilar hayotida internetning kuchini birinchilardan bo‘lib aniqlagan va sayyohlik sohasidagi tajribasidan muvaffaqiyatli onlayn-platforma yaratishda foydalangan.
U iste’molchilarga mo‘ljalllangan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqdi hamda sayyohlik kompaniyasi uchun do‘st va qarindoshlarini ziyorat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarga eng yaxshi narxlarni va individua mijozarga xizmat ko‘rsatishni taqdim etishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos biznes modelni yaratdi. Bundan tashqari, u fintech va ko‘ngiochar texnlogiyalar sohalarida yangi mahsulotlarni ishlab chiqqan.
Hozirgi kunga kelib, Dyninno – bu 50 dan ortiq mamlakatda sayyohlik, moliya, ko‘ngilochar dasturlar va texnologiya sohalarida mahsulotlar va xizmatlarni boshqaradigan kompaniyalar guruhi. Dyninno Kompaniyala guruhi AQSh, Kanada, Braziliya, Kolumbiya, Hindiston, BAA, Filippin, Misr, O’zbekiston, Vetnam, Italiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Moldova, Ruminiya, Latviya, Kipr, Malta, Turkiyada joylashgan.
Alex San-Fransiskoning Hebrew akademiyasini tamomlagan. U o‘z o‘qishini San-Mateo okrugidagi davlat kollejidan boshlagan va u Berkli shahridagi nufuzli Kaliforniya Universitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi, kollejdagi o‘qish davrida sayyohlik agenti sifatida ishlagan sayyohlik sohasida kelajakda ulkan salohiyat mavjudligini anglagan holda, uning o‘rniga o‘z biznesini rivojlantirishga qaror qildi. Alex Moldova yahudiylar jamiyatining vasiylik kengashi a’zosi va Latviya yahudiylar jamiyati Boshqaruv kengashining maslahatchisi hisoblanadi.