Alex Weinstein

Alex Weinstein tadbirkor va investor. U Dyninno Kompaniyalar guruhi hammuassisi. Alex o‘z biznesini 2004-yilda San-Fransiskoda boshlagan, u yerda mustaqil sayyohlik agenti sifatida faoliyat olib borgan, o‘sha paytlarda u ikkita telefondan foydalangan va mahalliy gazetalarga reklamalarini joylashtirgan. Kompaniyaga asos solishdan oldin, Alex oddiy sayyohlik agentliklarida ishlab tajriba orttirgan.  

90-yillar o‘rtalarida Alex Siikon vodiysining birinchi texnologik pionerlari to‘lqini ichida bo‘lgan. U iste’molchilar hayotida internetning kuchini birinchilardan bo‘lib aniqlagan va sayyohlik sohasidagi tajribasidan muvaffaqiyatli onlayn-platforma yaratishda foydalangan. 

U iste’molchilarga mo‘ljalllangan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqdi hamda sayyohlik kompaniyasi uchun do‘st va qarindoshlarini ziyorat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarga eng yaxshi narxlarni va individua mijozarga xizmat ko‘rsatishni taqdim etishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos biznes modelni yaratdi. Bundan tashqari, u fintech va ko‘ngiochar texnlogiyalar sohalarida yangi mahsulotlarni ishlab chiqqan.

Hozirgi kunga kelib, Dyninno – bu 50 dan ortiq mamlakatda sayyohlik, moliya, ko‘ngilochar dasturlar va texnologiya sohalarida mahsulotlar va xizmatlarni boshqaradigan kompaniyalar guruhi. Dyninno Kompaniyala guruhi AQSh, Kanada, Braziliya, Kolumbiya, Hindiston, BAA, Filippin, Misr, O’zbekiston, Vetnam, Italiya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Moldova, Ruminiya, Latviya, Kipr, Malta, Turkiyada joylashgan.

Alex San-Fransiskoning Hebrew akademiyasini tamomlagan. U o‘z o‘qishini San-Mateo okrugidagi davlat kollejidan boshlagan va u Berkli shahridagi nufuzli Kaliforniya Universitetiga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘ldi, kollejdagi o‘qish davrida sayyohlik agenti sifatida ishlagan sayyohlik sohasida kelajakda ulkan salohiyat mavjudligini anglagan holda, uning o‘rniga o‘z biznesini rivojlantirishga qaror qildi. Alex Moldova yahudiylar jamiyatining vasiylik kengashi a’zosi va Latviya yahudiylar jamiyati Boshqaruv kengashining maslahatchisi hisoblanadi.

Genadij Pugachov

Sayyohlik va turizm sohasida ulkan tajribaga ega Genadij Trevolution Group’da operatsiyalar mukammalligiga mas’ul hisoblanadi. U Dyninno Kompaniyalar guruhining Sayohat bo‘limida 2013-yildan buyon mehnat qilib keladi. Uning sohadagi chuqur bilimlari, intiluvchanligi, natijaga butun diqqatni qaratish va boy xalqaro tajribasi biznesni turli mintaqa va bozorlarga sezilarli darajada kengaytirishda juda qo‘l keldi. Uning rahbarligida Trevolution Group 5 ta yangi ofisini ochdi. Dyninno Kompaniyalar guruhiga qo‘shilishdan oldin u AQShda sayyohlik sohasida faoliyat olib borgan.

Genadij Latviya Universitetining Biznes boshqaruv yo‘nalishida darajaga ega.

Peter Vazan

Ijrochi vitse-prezident sifatida Peter biznesni rivojlantirish, bozorni o‘rganish va narx strategiyasini ishlab chiqishga mas’ul hisoblanadi. Uning biznesni boshqarish va sayyohlik sohasidagi tajribasi Dyninno Kompaniyalar guruhi bir bo‘lagi hisoblangan Trevolution Group’ni muvaffaqiyatlar sari olg‘a chorlamoqda.

Peter 2013-yilda International Travel Network (Dyninno Kompaniyalar guruhi bo‘lagi) kompaniyasining Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Avvalroq 2008-yilda u Kompaniyaning Ijrochi direktori lavozimiga tayinlangan edi. U Dyninno Group’ga 2005-yilda International Travel Network kompaniyasi Boshqaruv tahlilchisi sifatida ishga qabul qilingan. Undan avval esa Peter Slovenské elektrárne kompaniyasida Buxgalteriya/Loyiha menejeri sifatida faoliyat olib borgan.

Kaliforniya Davlat Universitetidan Magistr darajasini olgan. U Bratislava Iqtisodiyot Universitetining Xalqaro savdo yo‘nalishida Magistr diplomiga ham ega. Peter 2009-yildan buyon Sayyohlik agentlarining Amerika hamjamiyati a’zosi hisoblanadi.

Anastasia Dolgovechnaya

Dyninno Group bir qismi bo‘lgan Trevolution’ga 2010-yilda Xalqaro Sayyohlik agentiga qo‘shilgan. Uch yildan so‘ng, u Savdo bo‘yicha ustoz lavozimini egalladi va keyinchalik o‘z karyerasini rivojlantirdi. Hozirgi vazifasini egallagunga qadar, Trevolution Group’da Anastasia Sotuv bo‘yicha trener va Sotuv bo‘limi menejeri bo‘ldi. Sotuv bo‘limi boshlig‘i sifatida Anstasia dunyo bo‘ylab 2000 dan ortiq sayyohlik agentlari, supervayzorlari va menejerlarini boshqaradi va ularga yetakchilik qiladi. U Trevolution Group portfoliosi uchun sotuv strategiyalari va daromadlarini yaratish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.  

Sotuv bo‘limi boshlig‘i Anastasia operatsiyalar, qo‘llab-quvvatlash, mahsulot, marketing va moliya o‘rtasidagi izchil hamkorlik chorraxasida turadi. U turli mamlakatlardagi sayyohlik brendlari jamoalarining sotuv jarayonlariga boshchilik qiladi – jumladan, Kolumbiya, Misr, Hindiston, Italiya, Latviya Filippin va boshqalar. Anastasianing moliya va iqtisodiyot yo‘nalishida olgan bilimlari unga kundalik qaror qabul qilish jarayonlarida qo‘l keladi; strategiyalarni ko‘rib chiqish va Trevolution Group bo‘limlarini tahlil qilish orqali mavjud natijalarni yanada takomillashtirishning eng yaxshi yo‘llarini topishga yordam beradi. U asosiy e’tirborini boshqalardan ajratib turadigan mijozga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslangan mukammal samaradorlikka erishishga qaratgan, bu esa Trevolution Group’ni bozordagi mijozlarning eng sara tanloviga aylantiradi.

Anastasia 2004-yilda iqtisodchi sifatida o‘z mehnat yo‘lini boshladi. Moliya va Iqtisodiyot yo‘nalishida Magistrlik darajasiga ega.

Daniel Lei

Daniel Dyninno Kompaniyalar guruhiga 2005-yilda qo‘shilgan. Bugungi kunda u Trevolution Group’dagi turli xil biznes rejalarni hamda mahsulotlarni rivojlantirish rejalarini ishlab chiqilishiga va tatbiq qilinishiga boshchilik qiladi. U, shuningdek, biznesning barcha yo‘nalishlari uchun strategiyalarni shakllantirishda faol ishtirok etadi.

O‘zining biznesdagi rahbarlik yillarida u turli demografik guruhlarga va maqsadli auditoriyalarga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘plab sayyohlik brendlariga asos solgan va ularni rivojlantirgan. Daniel dunyo bo‘ylab eng ilg‘or aviakompaniyalar bilan yirik shartnomalarni imzolashda juda muhim rol o‘ynagan. Uning biznesni tushunishi, raqobatbardoshligi va sohadagi yangi tendensiyalarga diqqat qaratganligi yillar davomida kompaniyaning rivojlanib borishida muhim rol o‘ynadi.

Daniel San-Fransisko Davlat Universitetining Moliya yo‘nalishi darajasini olgan.

Evgeny Shirinkin

Trevolution’ning Mahsulot bo‘yicha direktori sifatida Evgeny nafaqat mahsulot strategiyasi va o‘sish imkoniyatlariga e’tibor qaratmoqda, balki balki sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqishda boshchilik qilmoqda va mahsulotni boshqarishning samarali jarayonlari va tuzilishini o‘rnatmoqda. U g‘oyalarni yaratish, talablarni ishlab chiqish hamda sayohat va elektron tijorat sohasidagi so‘nggi yutuqlardan xabardor bo‘lish uchun funksional jamoalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Evgeny ulkan xalqaro loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha katta tajribaga ega professional hisoblanadi. O‘zining ozon.ru onlayn platformasidagi eng so‘nggi lavozimda Evgeny 1,5 yil davomida Bosh ijrochi direktor (Ozon Moments) lavozimida va undan avvalroq 5 yil davomida Mahsulotlar bo‘yicha direktor lavozimida ishlagan. 2015-yildan 2018-yilgacha Lazada Group’da (Alibaba Group) Mahsulotlarni rivojlantirish bo‘yicha Vitse-Prezident lavozimida ishlagan, u yerda Evgeny Lazada qidiruvini yangi Alibaba texnologiyalariga muvaffaqiyatli o‘tkazishga erishdi. Undan avval 2012-yilda Evgeny butik.ru saytida texnik direktor lavozimida ish boshladi va 2 yildan keyin boshqaruvchi direktorgacha ko‘tarildi. 2010-yilda Jenux Studio nomidagi veb-saytlarni yaratish biznesini ishga tushirdi va uni boshqardi. Avvalroq, Eugene 4,5 yil davomida Magnit Control kompaniyasida Muhandis va Dasturchi sifatida mehnat qilgan. 2003-yildan 2005-yilgacha u Moskva Davlat Elektronika va Matematika Universitetida Jamoa sardori sifatida ishlagan va o‘zining mehnat faoliyatini 2000-yilda Senior Veb-dasturchi sifatida boshlagan.

Evgeny Moskva Davlat Elektronika va Matematika Universitetining Axborot tizimlari va Tarmoqlar yo‘nalishida bakalavr darajasini qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u MBA darajasiga ega va PMBOK/ITIL kurslarini tamomlagan.

 

Pavel Bahu

Trevolution Group Global HR Direktori sifatida Pavel Dyninno’ning xodimlar strategiyasini, malakalarini, xodimlar tajribasini va xizmatlarni barcha ofislarda 4500 dan ortiq xodimlar va frilanserlarni qo’llab-quvvatlaydi ortiq xodim va frilanserlardan iborat global Trevolution HR jamoasini boshqaradi. Pavel butun dunyo bo‘ylab barcha HR jarayonlarini standartlashtirish va avtomatlashtirishga butun e’tiborini qaratgan. Pavel Trevolution HR bo‘limida 2015-yildan beri ishlab kelmoqda va 2019-yilda Global HR Direktori lavozimiga tayinlangan.

Pavel Dyninno Group’dagi mehnat faoliyatini International Travel Network kompaniyasida Mustaqil Sayyohlik agenti sifatida boshlagan, u ushbu vazifani Moldovaning eng yirik savdo xoldingi hisoblangan Moldretail LLC kompaniyasidagi Loyiha menejeri lavozimida ishlash bilan bir vaqtda bajargan.

Pavel butun kompaniyadagi ishchilar o‘z vazifalarini bajarishiga baho berish modelini va Baholash markazini yaratdi va uni ishga tushirdi, Trevolution Group’ning barcha filiallarida nomzodni onlayn sinovdan o‘tkazish va SAP SuccessFactors HRIS’ni tatbiq qildi va butun dunyo bo‘ylab barcha Qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari uchun bo‘limlararo Samaradorlikni boshqarish tizimini yaratdi.

Pavel Moldova Iqtisodiyot akademiyasidan Turizm, Mehmonxona va Biznes boshqaruv sohalari bo‘yicha Bakalavr darajasini olish bilan birga bir nechta HR bo‘yicha bir nechta kurs va dasturlarni yakunlagan. Ayni vaqtda u Buyuk Britaniyaning London shahridagi CIPD’da (Chartered Institute of Personnel Development) institutida Shaxsiy rivojlanish kurslariga qatnamoqda.

Marina Libermane-Onipko

Trevolution Group Marketing bo‘yicha direktor sifatida Marina kompaniya strategiyasini yaratish va dunyo bo‘ylab brendni tanitishni tezlashtirishga mas’ul hisoblanadi. Maqsadli, natijalarga erishishga e’tiborli hamda o‘zi va jamoadan mukammallikning eng yuqori darajasini talab qilish natijasida u biznes ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan natijalarga erishishi va biznes loyihalarning rivojlanishiga imkon beruvchi samarali marketing jamoasini tashkil qildi.

Marina Trevolution Group’dagi mehnat faoliyatini 2008-yilda Marketing menejeri sifatida boshlagan va 2010-yilda Marketing bo‘yicha direktor lavozimiga tayinlandi. U marketing va mahsulotni rivojlantirish, raqamli marketing, brending, strategik rejalashtirish, tashkiliy dizayn va innovatsiyalar sohasida yaxshigina tajribaga ega; shuningdek, u global jamoalarni boshqarishda kuchli madaniy mas’uliyatga ham ega. Ushbu bilim va ko‘nikmalar Koviddan keyin butun sohaga nisbatan asosiy bozorlarimizga rekord darajada yetkazib berish orqali tezda tiklanishga imkon berdi.

Marina Chet tillar bo‘yicha ilmiy darajaga, shuningdek, RISEBA xususiy biznes maktabidan magistr darajasini olgan.

Roman Zilberman

Roman Zilberman Trevolution Group kompaniyasida Vitse-prezident va Dreampass rahbari sifatida ishlagan. U Dreampass ilovalarining rivojlanishi, shuningdek, Trevolution ekotizimiga kiruvchi moliyaviy, sug‘urta va boshqa mahsulotlar sotuvi uchun javobgar hisoblanadi.

Roman moliya va konsalting sohalarida ulkan tajribaga ega bo‘lib, strategiya, shaxsiy kapital va banklarga investitsiya kiritish bo‘yicha ekspert ham hisoblanadi. Trevolution Group kompaniyasiga qo‘shilishdan oldin, u Sharqiy Yevropaning eng sara moliyaviy guruhlaridan birida 3 yil davomida, 2020-yildan 2023-yilgacha, strategiya bo‘yicha direktor va Vitse-prezident lavozimida ishlagan. Bu lavozimdan tashqari, u yetakchi sug‘urta kompaniyalari va banklarda Direktorlar kengashi a’zosi hisoblanadi. Roman, shuningdek, 7 yildan uzoqroq vaqt davomida (2012-2020) McKinsey & Company’da direktor o‘rinbosari lavozimida ishladi, u Rossiya, MDH va Janubiy Afrikadagi moliyaviy institutlarga xizmat ko‘rsatdi.

Roman Yangi Iqtisodiyot maktabining San’at yo‘nalishida Magistrlik diplomiga ega va u CFA II darajasidan o‘tgan.

Andrej Obreja

Andrey 2015-yildan beri Trevolution Group’ning Qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. U faoliyat yo‘nalishlariga strategik jihatdan ta’sir o‘tkazish uchun kompaniyalar rahbariyati va direktorlar kengashi bilan uzviy hamkorlik qilish orqali kundalik va uzoq muddatli jarayonlar va biznes-maqsadlarga erishish uchun qo‘llab-quvvatlash jamoalarini boshqarishga javobgar hisoblanadi. Shuningdek, u kundalik qo‘llab-quvvatlash operatsiyalarini boshqarish bilan birgalikda samaradorlikni oshirish uchun bir nechta joydagi ofislarni ham nazorat qiladi.

Andrey avvalroq, olti yilcha oldin, Trevolution Group’da ma’lumot kiritish bo‘yicha supervayzor bo‘lib ishlagan hamda o‘z mehnat faoliyatini 2009-yilda Dyninno’da sotuv agenti sifatida boshlagan.

Andrey Slavonik Universitetida (Moldova) Psixologiya yo‘nalishida bakalavr darajasini olgan.